O´ZBEKISTON

O’zbekiston – Markaziy Osiyoda joylashgan bo’lib, dunyodagi eng noyob maskanlardan biridir. Ushbu o’lkaning o’ziga xos madaniyati ming yillar davomida rivojlanib kelmoqda. Ushbu g’aroyib quyoshli mamlakatda mehribon, saxiy, mehmondo’st xalq yashaydi. O’zbek xalqining ajabtovur mehmondo’stligi boshqa xalqlarni har doim hayratda qoldirib kelgan.

Qadim zamonlardan beri, O’zbekiston karvon yo’llarining chorrahasi, mamlakatlar va xalqlarning bog’lovchisi; tillar, madaniyatlar va sivilizatsiyalarning tutashuvchi joyi bo’lgan. Bu yerlardan Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq va O’rta Yer dengizi xalqlarini  bog’lovchi Buyuk Ipak yo’li o’tgan.

O’zining uzoq tarixi davomida o’zbek xalqi ko’plab hodisalarni boshdan kechirgan: ulkan zafarlar va mag’lubiyatlar, imperiyalar jangi va xalqlarning ko’chishlari shular jumlasidandir. Bularning bari arxitekturada va xalqning qalbida o’z izini qoldirdi. O’zbekiston tabiati rang-barangligi bilan shoirlarni hayratga soladi va ajoyib she’rlar yozishga ilhomlantiradi. Bu yerda, boshqa ko’pgina mamlakatlardan farqli o’laroq, ko’plab qadimiy me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan. Buxoro, Samarqand va Xiva kabi ko’hna va hamisha navqiron shaharlar bunga misoldir. Bejirim masjid va nafis minoralar, o’rta asr saroylari, noyob sopol bezaklar hamda sharqona bozorlar O’zbekistonni yanada ajoyib va ​​unutilmas o’lkaga aylantiradi.

Dunyoda ko’plab qiziqarli, chiroyli, hayratlanarli va ekzotik mamlakatlar mavjud. Lekin ular ichida O’zbekiston tanhodir, uni to’xtovsiz tomosha qilish va zavqlanish mumkin.

So’nggi tvitlar

Instagram